Diqqat markazda — savdoni liberallashtirish va iqtisodiy integratsiya
24-mart kuni Toshkent investitsiya forumi doirasida 2022-2026-yillarda Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasida belgilab berilgan Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish va yangilashning ustuvor yoʻnalishlari hamda asosiy vazifalardan biri boʻlgan “Savdoni erkinlashtirish va iqtisodiy integratsiya” mavzusidagi panel muhokamasi boʻlib oʻtdi. Birlamchi maqsad — savdoni erkinlashtirish va iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishdan iborat boʻlib, bu pirovardida Oʻzbekistonning tashqi savdodagi mavqeini mustahkamlash, shuningdek, iqtisodiy…